Qozog‘istonning ayrim hududlarida 35 daraja sovuq bo‘ladi
ASTANA. Kazinform – Qozog‘istonga qishning ilk sovuqlari yaqinlashmoqda. Sinoptiklar 9 dekabr kuni mamlakatning shimol, shimoli-g‘arb va sharqida ob-havo keskin soviydi, havo harorati 30-35 darajagacha pasayadi, deb xabar berishdi.
Qozog‘istonliklarning aksariyati 9 dekabrdan boshlab qishning ilk sovuqlarini his qiladi. “Qazgidromet” RDK ma’lumotlariga ko‘ra, 9 dekabr kuni shimoliy antisiklon sovuq havo massalari bilan birlashib, shimoli-g‘arb va shimoliy hududlarga tezda kirib boradi.
— Avval mamlakatning shimolida, keyin esa butun Qozog‘iston bo‘ylab yog‘ingarchilik to‘xtaydi va ob-havo keskin soviydi. Kechasi termometr shimoliy hududlarda minus 22-30 darajaga, sharqda minus 27-35 darajaga va janub va janubi-sharqda minus 10-20 darajaga tushadi, — deb xabar berishdi sinoptiklar.
Sovuq jabhalar avval Shimoliy Qozog‘iston, Aqmola, Qostanay, Aqto‘be, Pavlodar viloyatlari hududidan o‘tib, keyin Qarag‘andi, Jezqazg‘an, Abay, Sharqiy Qozog‘iston viloyatlari va mamlakatning janubi-sharq va sharqiga o‘tadi.
Shimoliy hududlarning aksariyat qismida shu kunlarda sovuq bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha tezlikda shamol esishi kutilmoqda.
Mamlakat favqulodda vaziyatlar xizmati ushbu hududlar aholisini ehtiyot bo‘lishga va sovuq kunlarda uzoqqa bormaslikka chaqirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bu hafta Qozog‘istonda keskin sovuq bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.