Qozog‘istonning aksariyat qismida qor yog‘adi — Qazgidromet

ASTANA. Kazinform — “Qazgidromet” RDK 6 noyabr uchun ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

қор
Фото: Динара Маханова / Kazinform

Sinoptiklarining ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonning aksariyat qismida Atlantika sikloni va u bilan bog‘liq atmosfera frontal qismlarining o‘tishi tufayli qor yog‘adi.

Faqat mamlakatning g‘arbi, shimoli-g‘arbi va janubida antisiklon tizmasi tufayli ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Shimolda yomg‘ir aralash qor yog‘adi.

Respublika bo‘ylab shamol kuchayadi, izg‘irin, tuman va yaxvonlik bo‘ladi.

Astanada havo harorati 0-2 daraja bo‘ladi. Shamol janubi-g‘arbiy tomondan esadi, ertalab va tushdan keyin shamol tezligi sekundiga 15-20 metrga yetadi.

Almatida termometr kunduzi 0 +2°C ni ko‘rsatadi, kechasi va ertalab tuman tushadi.

Chimkentda kun iliq, havo harorati +6+8 daraja bo‘ladi. Kechasi va ertalab shaharni tuman qoplaydi.

Eslatib o‘tamiz, 5 noyabr kuni Qozog‘istonning aksariyat qismida qor yog‘ishi haqida xabar bergan edik.

Сўнгги хабарлар