Dam olish kunlari Qozog‘istonda ob-havo iliq bo‘ladi

ASTANA. Kazinform – Keng ko‘lamli antisiklon ta’siri tufayli Qozog‘istonning aksariyat hududlarida iliq bo‘ladi.

об-ҳаво
Фото: freepik.com

Faqat mamlakatning shimoli va sharqida atmosfera frontlarining o‘tishi tufayli yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), yaxvonlik hosil bo‘ladi, shamol kuchayadi va izg‘irin bo‘ladi. Respublika bo‘ylab tuman tushishi mumkin.

Kunduzi havo harorati mamlakat g‘arbi va janubida +3…+15°C gacha ko‘tariladi. Shimoliy, sharqiy va markaziy hududlarda esa –2°C dan +5°C gacha bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 13-mart kuni Qozog‘istonning qaysi shaharlarida ob-havo sifati yomonlashishi haqida xabar bergan edik.

Сўнгги хабарлар