Bugun Qozog‘istonning sharqiy qismida havo sifati yomonlashadi

ASTANA. Kazinform — «Qazgidromet» RDK mamlakatdagi havo sifati bo‘yicha o‘z prognozini e’lon qildi.

об-ҳаво
Фото: Pixabay.com

— 2026-yil 16-fevralda O‘skemen, Semey va Ridder shaharlarida havo ifloslanishi uchun noqulay meteorologik sharoitlar kutilmoqda, — deyiladi xabarda.

Noqulay meteorologik sharoitlar — bu atmosfera havosining sirt qatlamida zararli (ifloslantiruvchi) moddalarning konsentratsiyasiga hissa qo‘shadigan qisqa muddatli meteorologik omillar (bulutli ob-havo, yengil shamol, tuman, inversiya) yig‘indisi.

Noqulay meteorologik sharoitlar paytida aholi punktlarida atmosfera havosining sifati yomonlashishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 15-fevral kuni Qozog‘istonning 10 ta shahrida hafo sifati yomonlashishi haqida xabar bergan edik.

Сўнгги хабарлар