Bugun Qozog‘istonning ikkita shahrida havo sifati yomonlashadi

ASTANA. Kazinform — «Qazgidromet» RDK mamlakatdagi havo sifati bo‘yicha o‘z prognozini e’lon qildi.

об-ҳаво
Фото: Kazinform

— 26-aprel kuni Almati va Taldiqorg‘an shaharlarida noqulay meteorologik sharoitlar kutilmoqda, — deyiladi xabarda.

Noqulay meteorologik sharoitlar — bu atmosfera havosining sirt qatlamida zararli (ifloslantiruvchi) moddalarning konsentratsiyasiga hissa qo‘shadigan qisqa muddatli meteorologik omillar (bulutli ob-havo, yengil shamol, tuman, inversiya) yig‘indisi.

Noqulay meteorologik sharoitlar paytida aholi punktlarida atmosfera havosining sifati yomonlashishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda 25-27-aprel kunlari havo harorati -2°C gacha pasayadi.

Сўнгги хабарлар