Bugun Astana, Almati va yana sakkizta shaharda havo sifati yomonlashadi

ASTANA. Kazinform — «Qazgidromet» RDK mamlakatdagi havo sifati bo‘yicha o‘z prognozini e'lon qildi.

об-ҳаво
Фото: Kazinform

— 23-mart kuni Qostanay, Pavlodar, Qarag‘andi, Jezqazg‘an, Balqash, Temirtau, Atirau, Aqto‘be, Almati va Astana shaharlarida havo ifloslanishi uchun noqulay meteorologik sharoitlar kutilmoqda, — deyiladi xabarda.

Noqulay meteorologik sharoitlar — bu atmosfera havosining sirt qatlamida zararli (ifloslantiruvchi) moddalarning konsentratsiyasiga hissa qo‘shadigan qisqa muddatli meteorologik omillar (bulutli ob-havo, yengil shamol, tuman, inversiya) yig‘indisi.

Noqulay meteorologik sharoitlar paytida aholi punktlarida atmosfera havosining sifati yomonlashishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 22-mart kuni Qozog‘istonda ob-havo qanday bo‘lishi haqida xabar bergan edik.

Сўнгги хабарлар