08:35, 19 Март 2026 | GMT +5
19-21-mart kunlari Qozog‘istonda ob-havo qanday bo‘ladi
ASTANA. Kazinform — 19-21-mart kunlari mamlakatning aksariyat qismida ob-havo iliq bo‘ladi, bu esa havo haroratining yanada oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Faqat ayrim kunlarda atmosfera frontlarining o‘tishi tufayli mamlakatning shimoliy, janubiy va janubi-sharqidagi tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor)bo‘ladi va shamol kuchayadi. Respublika bo‘ylab tuman tushadi va yaxvonlik hosil bo‘ladi.
Kunduzi havo harorati g‘arbiy hududlarda +10…+20°C, shimol va markazda +5…+17°C va janubda +15…+23°C gacha ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz, 18-mart kuni Qozog‘istonning 10 ta shahrida ob-havo sifati yomonlashishi haqida xabar bergan edik.