Yangi yil kechasi Qozog‘iston shaharlarida ob-havo qanday bo‘ladi

ASTANA. Kazinform — "Qazgidromet" RDK Qozog‘iston hududlarida bayramoldi kunlari va Yangi yil arafasi uchun ob-havo ma’lumotlarini taqdim etdi, deb xabar beradi Kazinform muxbiri.

Yangi yil kechasi Qozog‘iston shaharlarida ob-havo qanday bo‘ladi
Фото: Астана ҳокимлиги

Yaqin kunlarda faol shimoli-g‘arbiy siklon tufayli mamlakatning deyarli barcha hududlarida yog‘ingarchilik bo‘ladi. Sinoptiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, aksariyat hududlarda qor yog‘adi, janubda esa qor va yomg‘ir shaklida yog‘ingarchilik bo‘ladi.

26-dekabrdan boshlab respublika bo‘ylab ob-havo yomonlashishi kutilmoqda: bo‘ron va shamol kuchayadi, g‘arbiy va janubiy hududlarda esa sovuq bo‘lishi mumkin.

— Biroq, 27-dekabr kuni siklon sovuq g‘arbiy antisiklon bilan almashadi, yog‘ingarchilik asta-sekin to‘xtaydi va havo harorati pasayadi: kechasi mamlakatning shimoli-g‘arbiy va shimolida -25 ... -30 darajagacha, sharqda esa -22 ... -30 darajagacha soviydi, — dedi “Qazgidromet” RDK matbuot kotibi Arujan Muratova.

Shuningdek, sinoptiklar 31-dekabr va 1-yanvar kunlari havo harorati nisbatan qulay bo‘lishini ta’kidladilar.

— Yangi yil arafasida qozog‘istonliklar haqiqiy qishki ob-havoni kutmoqdalar: ba’zi hududlarda qor yog‘adi, izg‘irin bo‘ladi, ba’zan kuchli shamol esadi, mamlakatning janubida esa qor bilan aralash yomg‘ir yog‘adi, — dedi “Qazgidromet” vakili.

Yangi yil kechasida sovuq bo‘ladi: havo harorati –1…–9 daraja oralig‘ida, kunduzi esa taxminan 0 daraja bo‘ladi. Janubda havo kunduzi +5…+13 darajagacha isishi mumkin, ammo 1-yanvarda harorat 0…–5 darajagacha pasayadi.

Bayram kunlari Astanada qor, izg‘irin, yaxvonlik va shamolning kuchayishi kutilmoqda. Kechasi havo harorati –0…–2 daraja, kunduzi taxminan 0 daraja bo‘ladi.

Almatida havo harorati nisbatan yuqori bo‘ladi — +3…+5 daraja atrofida. Kunduzi yomg‘ir yog‘ishi mumkin, keyinchalik u qorga aylanadi.

Сўнгги хабарлар