Qozog‘istonning deyarli barcha hududini qor va bo‘ron qamrab oladi
ASTANA. Kazinform — “Qazgidromet” RDK sinoptiklari 20-22-noyabr kunlari respublikada kutilayotgan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Yaqin kunlarda, Qozog‘istonning katta qismida atmosfera jabhalarining o‘tishi munosabati bilan beqaror ob-havo kuzatiladi.
“Qazgidromet” davlat korxonasi sinoptiklarining ma’lumotlariga ko‘ra, yomg‘ir va qor shaklida yog‘ingarchilik kutilmoqda, shimoliy, markaziy va sharqiy hududlarda qor bo‘roni, yer muzlashi, kuchli shamol esishi mumkin.
“Faqat janubi-g‘arbda, janubda va 22-noyabr kuni mamlakatning g‘arbida va shimoli-sharqida antitsiklon shpazi ta’sirida yog‘ingarchiliksiz quruq ob-havo saqlanib qoladi”, - deyiladi xabarda.
Respublika bo‘ylab ham tuman tushishi mumkin. Haroratning sezilarli o‘zgarishi bashorat qilinmayapti.