Qozog‘istonning ayrim hududlarida havo harorati 45 darajagacha pasayadi
ASTANA. Kazinform – Qazgidromet mamlakatning 12 ta hududida ob-havo bilan bog‘liq ogohlantirish e'lon qildi.
Sinoptiklarga ko‘ra, 17-yanvar kuni Almati viloyatining shimolida va tog‘li hududlarida havo harorati –25 darajagacha pasayadi. Qonaev shahrida shimoli-g‘arbdan shimoliy-sharqqa o‘zgaradigan shamol kuchayib, ba'zi vaqtlarda sekundiga 18 metrga yetishi mumkin. Almatida tungi vaqtda qo‘p qor yog‘adi.
Aqto‘be viloyatining janubi va g‘arbida tungi vaqtda qor yog‘adi. Shimol, sharq va markaziy qismlarida izg‘irin bo‘ladi. Shamol sharqdan va shimoliy-sharqdan esib, tezligi 15–20 m/s, tungi vaqtda ayrim joylarda 23 m/s-gacha yetishi mumkin. Aqto‘be shahrida ham tungi vaqtda shamol kuchayishi ehtimoldan holi emas.
Mang‘istau viloyatida qor yog‘ib, yaxvonlik hosil bo‘ladi. Tungi vaqtda viloyatning janubida qalin qor yog‘adi. Shimoliy-sharqda izg‘irin bo‘ladi, g‘arb va markazda tuman tushishi mumkin. Aqtauda yaxvonlik hosil bo‘ladi.
Turkiston viloyatining g‘arbi, shimoli va tog‘li hududlarida izg‘irin bo‘ladi. Turkiston shahrida yomg‘ir va qor aralash yog‘ingarchilik, yaxvonlik, tuman va izg‘irin kutilmoqda. Chimkentda ham shunday ob-havo saqlanib, tungi vaqtda yog‘ingarchilik kuchayadi.
17–18-yanvar' kunlari tungi vaqtda Sharqiy Qozog‘iston viloyatining shimoli va sharqida juda qattiq sovuq kutiladi – havo harorati –45 darajagacha pasayadi.
Jetisu viloyatining shimoli, markazi va tog‘li hududlarida tungi vaqtda –25…–27 daraja sovuq bo‘ladi. Taldiqorg‘anda yaxvonlik hosil bo‘ladi, tungi harorat –25…–26 darajagacha pasayadi.
Abay viloyatining janubiy-sharqi va markazida shamol kuchayib, tezligi 15–20 m/s bo‘ladi. Tungi vaqtda viloyatning shimolida sovuq –40 darajagacha yetishi mumkin.
Ulitau viloyatining janubi va markazida tuman tushadi. Shamol shimoliy-sharqdan va sharqdan esib, tezligii 15–20 m/s-gacha yetishi mumkin. Jezqazg‘anda ham tungi va ertalabgi vaqtda shamol tezligi kuchayishi mumkin.
Qizilo‘rda viloyatining janubida qor, bo‘ron va yaxvonlik kutilmoqda. Shamol tezligi ayrim joylarda 23 m/s-gacha yetishi mumkin. Qizilo‘rda shahrida ham shamol kuchayishi ehtimoldan holi emas.
Qarag‘andi viloyatining shimoli, sharqi va janubida tuman tushadi. Tungi vaqtda shimoliy-sharqida sovuq –35…–38 darajagacha pasayadi.
G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida 17-yanvar' kuni sharq va shimoliy-sharqiy yo‘nalishdagi shamol tungi vaqtda kuchayib, tezligi 15–20 m/s bo‘ladi.
Atirau viloyatining g‘arbi, janubi va sharqida qor, izg‘irin va yaxvonlik kutilmoqda. Sharqida tuman tushishi mumkin. Atirau shahrida ham qor yog‘ib, shamolning tezligi 15–18 m/s-ga yetishi mumkin.
Sinoptiklarning prognoziga ko‘ra, dam olish kunlari Qozog‘istonning shimoli va sharqida sovuq kuchayib, g‘arbi va janubida qor va bo‘ron, kuchli shamol va yaxvonlik kutilmoqda.