Qozog‘istonda sud majlislarida raqamli dalillardan foydalanish osonlashadi
ASTANA. Kazinform — Majilis tomonidan ishlab chiqilayotgan Raqamli kodeks “raqamli dalillar” va “raqamli vositachi” tushunchalarini o‘z ichiga oladi.
Ushbu tushunchalarni qonunchilikka kiritish andex Go, Glovo, Chocofood kabi ish platformalari, Kaspi, Wildberries, OZON kabi marketpleyslar, booking, krisha.kz xizmat agregatorlari, davlat raqamli xizmatlari uchun mas’uliyat va protseduralarni aniq belgilashga yo‘l ochadi.
— “Raqamli dalillar” tushunchasi birinchi marta joriy etilmoqda. Bu ulardan fuqarolik-huquqiy munosabatlar va sud jarayonlarida foydalanish imkoniyatini ochadi. Bu raqamli yozuvlar, jurnallar va bitimlarni huquqiy ahamiyatga ega manbalar sifatida tan olish imkonini beradi, — dedi hujjatni taqdim etgan Yekaterina Smishlyayeva.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda qonunchilikka "milliy raqamli obyekt" tushunchasi kiritiladi.