Hilpira, ko'k bayrog'im - jamoat joylariga o'n mingdan ortiq bayroqlar ilindi

ASTANA. Kazinform – Respublika kuni arafasida mamlakatning barcha burchaklarida o‘n mingdan ortiq davlat bayroqlari hilpiraydi. “AMANAT” partiyasining “Mening yurtim – mening bayrog‘im” aksiyasi to‘rtinchi yildirki tashkil etilib, unda faollar, ko‘ngillilar va barcha aholi ishtirok etdi.

байроқ
Фото: Ағыбай Аяпбергенов / Kazinform

Bu yilgi aksiyada mamlakatning shahar va qishloqlari, maktablar, hovlilar va sanoat obyektlarida bayroqlarni osib qo‘yish rejalashtirilgan. Uy, mashina yoki do‘kon oldida hilpirab turgan bayroq yurtdan g‘urur, ertangi kunga ishonch belgisidir.

байроқ
Фото: Ағыбай Аяпбергенов / Kazinform
байроқ
Фото: Ағыбай Аяпбергенов / Kazinform

– Bu yil Qozog‘istonning davlat suvereniteti to‘g‘risidagi deklaratsiya qabul qilinganiga 35 yil to‘ldi. Bu hujjat mustaqilligimizga poydevor qo‘ygan, demokratiya, hokimiyatlar bo‘linishi, tenglik va erkinlik tamoyillarini belgilab bergan birinchi tarixiy hujjatdir. Shuning uchun ham bu kampaniya o'ziga xosdir. Davlat rahbari Qosim-Jomart To‘qayev ta’kidlaganidek, Respublika kuni xalqni mustahkam qadriyatlar atrofida birlashtirib, milliy o‘zligimizni mustahkamlashga xizmat qiladi, – deydi “Jastar ruhi” yoshlar qanoti raisi Akerke Eskendirova.

Республика куни
Фото: Ағыбай Аяпбергенов / Kazinform
байроқ
Фото: Ағыбай Аяпбергенов / Kazinform

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu aksiya yoshlar jamiyati uchun juda muhim. Har bir hilpiragan bayroq ongli tanlov belgisidir. Vatanparvarlik, eng avvalo, vatanga, yurtga sadoqat bilan xizmat qilishdan boshlanadi.

Astana ko‘chalarida jami mingga yaqin bayroq ilingan. Vatanparvarlik kampaniyasi har yili o'tkaziladi. Ushbu aksiya Astana aholisi va poytaxt ko‘chalari bo‘ylab sayr qilayotgan shahar mehmonlarida katta taassurot qoldirdi.

байроқ
Фото: Виктор Федюнин / Kazinform
байроқ
Фото: Виктор Федюнин / Kazinform
байроқ
Фото: Виктор Федюнин / Kazinform

Turli hududlarda o‘tkazilayotgan ushbu aksiya xalq o‘rtasida tom ma’noda hamjihatlik, vatanparvarlik bayramiga aylandi. Odamlar suratga tushib, ijtimoiy tarmoqlarda baham ko‘rmoqda, uy-joylari, hovlilarini bezab, yurtga muhabbatini namoyon etmoqda. Do‘konlar, restoranlar, ustaxonalar va fermer xo‘jaliklarida bayroq osgan tadbirkorlar ham chetda qolmadi.

байроқ
Фото: Ағыбай Аяпбергенов / Kazinform
байроқ
Фото: Ағыбай Аяпбергенов / Kazinform

Eslatib oʻtamiz, “Qozogʻiston Respublikasining davlat ramzlarini joylashtirish toʻgʻrisida”gi nizomga koʻra, fuqarolar oʻzlarining vatanparvarlik tuygʻularini ifodalash, milliy yutuqlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻz uylaridagi binolar va balkonlarda davlat bayrogʻidan foydalanish huquqiga ega. Biroq davlat ramzlaridan foydalanishda belgilangan me’yorlarga amal qilish zarur.

республика куни
Фото: Ағыбай Аяпбергенов / Kazinform

Avvalroq Astanada Respublika kunida 150 ga yaqin madaniy-ma’rifiy, sport va ijtimoiy tadbirlar o‘tkazilishi haqida yozgan edik.

байроқ
Фото: Ағыбай Аяпбергенов / Kazinform

 

Сўнгги хабарлар