Dam olish kunlari Qozogʻistonda ob-havo qanday boʻladi

ASTANA. Kazinform — “Qazgidromet” RDK mutaxassislari Qozogʻiston boʻylab kelayotgan shanba, yakshanba va dushanba kunlariga moʻljallangan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

погода, снег, қар, ауа райы, дорога, метель, жол, боран
Фото: Александр Павский / Kazinform

Sinoptiklarning maʼlumotlariga koʻra, barik tuzilmalarning tez-tez almashinishi sababli Qozogʻiston hududida yaqin kunlarda ob-havo beqaror boʻlib qoladi. Deyarli butun respublika boʻylab yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik, boʻron, shamolning kuchayishi, muzlama holatlari kutilmoqda. Mamlakatning sharqida, gʻarbda kuchli qor yogʻish ehtimoli bor.

Respublika janubida butun davr mobaynida kuchli yogʻingarchilik (yomgʻir va qor) kutiladi. 

Havo haroratining quyidagi ravishda koʻtarilish kuzatiladi: 
- gʻarbda kechasi -13…-23°S dan 0…-10°S gacha, kunduzi -3…-12°S dan -10…+2°S gacha,
- shimoli-gʻarbda kechasi -17…-28°S dan -3…-13°S gacha, kunduzi −10…−20°S dan 0…+8°S gacha,
- shimolda kechasi -18…-28°S dan -5…-15°S gacha, kunduzi -13…-21°S dan -10…+1°S gacha,
-janubda kechasi -3…-18°S dan -5…+8°S gacha, kunduzi -13…+5°S dan +5…+15°S gacha boʻladi.

“Sharqda kechasi 0…-12°S dan -10…−20°S gacha, kunduzi esa 0…+10°S dan -7…-15°S gacha oʻzgarishi mumkin. Janubi-sharqda kechasi 0…-13°S dan -2…-16°S gacha pasayadi, kunduzi esa 0…-13°S dan -5…+8°S gacha koʻtariladi”, — deya qoʻshimcha qildi sinoptiklar.

Сўнгги хабарлар