8-10-yanvar kunlari Qozogʻistonda ob-havo qanday boʻladi
ASTANA. Kazinform – 8-10-yanvar kunlari mamlakatning katta qismi keng antitsiklon taʼsirida boʻladi, bu esa asosan yogʻingarchiliksiz ob-havoga sabab boʻladi.
Faqat Qozogʻistonning gʻarbi, shimoli-gʻarbi va shimoli atmosfera fronti taʼsirida boʻladi, shu sababli yomgʻir, qor yogʻadi va yaxvonlik hosil boʻladi.
Mamlakat shimolida qor yogʻadi va izgʻirin boʻladi. Shuningdek, mamlakatning aksariyat qismini tuman qoplaydi va kuchli shamol esadi.
Respublikada havo harorati asta-sekin koʻtariladi:
Gʻarb: kechasi -8°…+5°, kunduzi -3°…+8°
Shimoli-gʻarb: kechasi -5°…-20°, kunduzi -8°…+1°
Shimol: kechasi -7°…-15°, kunduzi -2°…-10°
Markaz: kechasi -5°…-15°, kunduzi 0°…-6°
Sharq: kechasi -10°…-20°, kunduzi -2°…-13°
Janub: kechasi -7°…+2°, kunduzi +1°…+14°
Janubi-sharq: kechasi 0°…-8°, togʻli hududlarda -13°…-18°, kunduzi +3°…+12°, togʻoldi hududlarda -3°…+2°.
Eslatib oʻtamiz, 7-yanvar kuni Qozogʻistonda ob-havo qanday boʻlishi haqida xabar bergan edik.