08:35, 01 Февраль 2026 | GMT +5
1-fevral kuni Qozog‘istonning qaysi shaharlarida havo sifati yomonlashadi
ASTANA. Kazinform — «Qazgidromet» RDK mamlakatdagi havo sifatiga oid prognozini e'lon qildi.
«2026-yil 1-fevral kuni Qostanay, Ko‘kshetau, Pavlodar, Qarag‘andi, Temirtau, O‘skemen, Semey, Ridder, Aqtөbe, Almati, Astana shaharlarida, tungi vaqtda Petropavl shahrida havoning ifloslanishining noqulay meteorologik sharoitlari kutilmoqda», deyiladi xabarda.
Noqulay meteorologik sharoitlar — atmosfera havosining yer sirtqi qatlamida zararli (ifloslantiruvchi) moddalarning to‘planishiga ta'sir etuvchi qisqa muddatli meteofaktorlar (tinch havo, yengil shamol, tuman, inversiya) yig‘indisi.
Noqulay meteorologik sharoitlar davomida aholi punktlarida atmosfera havosining sifati yomonlashishi mumkin.