Qozog‘istonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik bo‘ladi

ASTANA. Kazinform – «Qazgidromet» RDK 3 noyabr kuni mamlakatda meteorologik hodisalar bo‘yicha prognoz qildi.

об-ҳаво
Фото: Александр Павский/Kazinform

Sinoptiklarining ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik bo‘ladi. Faqat respublikaning g‘arbi va janubi-sharqida antisiklonning qisman ta’siri tufayli asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda.

Mamlakat hududlarida shamol tezligi kuchayadi va tuman tushadi. Respublikaning shimoli-g‘arbi, shimoli, sharqi va markazida sovuq bo‘lishi mumkin.

Jambil viloyatining g‘arbi, sharqi va markazida, Almati viloyatining g‘arbida, Qizilo‘rda viloyatining shimoli va markazida yuqori yong‘in xavfi kutilmoqda.

Qizilo‘rda viloyatida, Turkiston viloyatining cho‘l hududlarida, Jambil viloyatining shimolida, Almati viloyatining shimolida favqulodda yong‘in xavfi mavjud.

Eslatib o‘tamiz, 2 noyabr kuni Qozog‘istonda kutilayotgan ob-havo haqida xabar bergan edik.

Сўнгги хабарлар