Yomg‘ir, qor, yaxvonlik: 14-16-noyabr kunlari Qozog‘istonda ob-havo qanday bo‘ladi
ASTANA. Kazinform — Qozog‘iston hududi bo‘ylab 2026-yil 14-16-noyabr kunlari uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.
"Qazgidromet" RDK sinoptiklarining prognoziga ko‘ra, Qozog‘istonning aksariyat qismida yomg‘ir va qor shaklida yog‘ingarchilik kutilmoqda.
— Faqat Qizilo‘rda viloyatida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. 15-noyabr kuni mamlakat g‘arbida kuchli yomg‘ir yog‘ishi, 16-noyabr kuni esa G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida kuchli yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Respublika bo‘ylab kuchli shamol ,yaxvonlik hosil bo‘lishi, kechasi va ertalab tuman tushishi kutilmoqda, — deyiladi xabarda.
Havo harorati:
Mamlakat g‘arbida havo harorati kechasi +2+8°C dan +6+11°C gacha ko‘tariladi, 16-noyabr kuni esa -2+3°C gacha biroz pasayadi. Kunduzi +8+13°C dan +1+8°C gacha pasayadi.
Janubi-g‘arbda havo harorati kechasi +4+9°C dan 0, +5°C gacha, kunduzi +10+15°C dan +5+10°C gacha pasayadi.
Shimoli-g‘arbda havo harorati asosan kechasi -3+3°C bo‘ladi, kunduzi +2+9°C dan +4+11°C gacha biroz ko‘tariladi.
Shimolda havo harorati asosan kechasi -5+2°C bo‘ladi, kunduzi -2+3°C dan 0, +5°C gacha biroz ko‘tariladi. Pavlodar viloyatida kechasi -3-8°C gacha, kunduzi -2+3°C gacha pasayadi.
Markazda havo harorati asosan kechasi -2-10°C, kunduzi -3+5°C bo‘ladi.
Mamlakat sharqida havo harorati kechasi -1-8°C dan -6-13°C gacha pasayadi, kunduzi esa asosan -5+3°C bo‘ladi.
Respublika janubida havo harorati kechasi asosan -5+3°C, kunduzi esa +5+12°C dan +7+15°C gacha ko‘tariladi.
Janubi-sharqda havo harorati kechasi -1-6°C dan -5-10°C gacha, tog‘li hududlarda esa -9-14°C dan -13-18°C gacha pasayadi. Kunduzi havo harorati +2+10°C dan 0, +8°C gacha, tog‘li hududlarda esa -1-6°C dan -3-8°C gacha pasayadi.
Eslatib o‘tamiz, 13-noyabr kuni Qozog‘istonning 7 ta shahrida havo sifati yomonlashishi haqida xabar bergan edik.