Sharqiy Qozog‘istonning Shanag‘atti qishlog‘ida havo harorati -56°Cgachaga pasaydi
ASTANA. Kazinform — Sharqiy Qozog‘iston viloyati Marqako‘l tumanidagi Shanagatti qishlog‘ida havo harorati - 56°Cgachaga pasaydi.
So‘nggi kunlarda mamlakat hududida havo harorati keskin pasaydi. Ayniqsa, Sharqiy Qozog‘istonda sovuqlik kuchaydi. 15-yanvarda Oltoy tumanidagi Parigino qishlog‘ida termometr ko‘rsatkichi -45°Cgachaga tushgan bo‘lsa, 16 -yanvarda ertalab -53°Cgachaga pasaydi.
17-yanvarda esa bundan ham sovuq havo qayd etildi. Viloyat hokimligi ma'lumotiga ko‘ra, Marqako‘l tumani Shanag‘atti qishlog‘ida havo harorati -56°C gacha pasaydi.
Shu munosabat bilan, qutqaruvchilar hudud aholisiga sovuqda ochiq havoda bo‘lish vaqtini cheklash va imkoni boricha uzoq safarlarga chiqishni kechiktirish zarurligini eslatdi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning ayrim hududlarida havo harorati -40 °Cgachaga pasayishi haqida xabar bergan edik.