Qozoğistonning ayrim hududlarida havo harorati -20°С gaça pasayadi

ASTANA. Kazinform – “Qazgidromet” RDK Qozoğiston hududi böyiça 28-30-noyabr kunlari uçun ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Qozoğistonning ayrim hududlarida havo harorati -20°S gaça pasayadi
Фото: Руслан Мухамедьяров \ Kazinform

Qozoğistonda yaqin kunlarda ob-havo atmosfera frontlari tomonidan belgilanadi. Ob-havo beqaror böladi. Yomğir va qor şaklida yoğingarçilik, tuman tuşişi, yaxvonlik hosil bölişi, kuçli şamol va böronlar kutilmoqda.

30-noyabr kuni Qozoğiston şarqida kuçli qor yoğişi mumkin, janubi-şarqning toğli hududlarida esa kuçli yoğingarçilik (yomğir, qor) kutilmoqda.

Havo harorati asta-sekin pasayadi. 30-noyabrga borib, mamlakat ğarbida tungi harorat -5-12°С, şimoli-ğarb, şimol va markazda -10-18°С, şarqda -7-12°С va toğli hududlarda -15-20°С böladi.

Mamlakatning qolgan qismida havo haroratida sezilarli özgarişlar kutilmaydi.

Eslatib ötamiz, 27-noyabr kuni Qozoğistonning ikkita şahrida havo sifati yomonlaşişi haqida xabar bergan edik.