Qozog‘istonning shimoli va markazida kunduzi havo harorati +10+17°C bo‘ladi
ASTANA. Kazublhjvtn — “Qazgidromet” RDK Qozog‘iston uchun 8-10-oktabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
8-10-oktabr kunlari Qozog‘istonning aksariyat qismida ob-havo beqaror bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi. Mamlakatning shimoli-g‘arbi, shimoli va sharqida qor aralash yomg‘ir yog‘adi, sharqda esa qor yog‘adi. Faqat respublikaning g‘arbi va janubida antisiklon tufayli yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Respublika bo‘ylab shamol tezligi kuchayadi, kechasi va ertalab tuman tushadi.
Mamlakat g‘arbida kechasi asosiy fon harorati +5+16°C, kunduzi esa +17+22°C dan +22+27°C gacha ko‘tariladi.
Shimoli-g‘arb, shimol va markazda kechasi harorat +3+13°C dan -1-6°C gacha pasayadi, kunduzi esa asosiy fon harorati +10+17°C bo‘ladi.
Sharqda tungi havo harorati +0+8°C, kunduzi +10+15°C dan +2+7°C gacha pasayadi.
Janub va janubi-sharqda tungi havo harorati +3+10°C, tog‘li hududlarda -2°C gacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati +17+25°C, tog‘li hududlarda +12+17°C bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 7-oktabr kuni Almati va Atirau shaharlarida havo sifati yomonlashishi haqida xabar bergan edik.