08:35, 23 Январь 2026 | GMT +5
Qozog‘istonning qaysi shaharlarida havo sifati yomonlashishi ma’lum bo‘ldi
ASTANA. Kazinform — «Qazgidromet» RDK mamlakatdagi havo sifatiga oid prognozini e’lon qildi.
«2026-yil 23-yanvarda Petropavl, Ko‘kshetau, Pavlodar, Oral, O‘skemen, Semey, Ridder, Atirau shaharlarida havo ifloslanishining noqulay meteorologik sharoitlari kutilmoqda», — deyiladi xabarda.
Noqulay meteorologik sharoitlar — atmosfera havosining sirt qatlamlarida zararli (ifloslantiruvchi) moddalarning to‘planishiga ta’sir etuvchi qisqa muddatli meteofaktorlar (tinch havo, yengil shamol, tuman, inversiya) yig‘indisi.
Noqulay meteorologik sharoitlar paytida aholi punktlaridagi atmosfera havosining sifati yomonlashishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 22-yanvar kuni Qozog‘istonning 13 ta shahrida havo sifati yomonlashishi haqida xabar bergan edik.