Qozog‘istonda 7-avgustda havo harorati +40°S gacha ko‘tariladi

ASTANA. Kazinform — Sinoptiklar 2026-yil 7-avgust, juma kuni Qozog‘istonda qanday ob-havo bo‘lishi haqida ma'lumot berdi. «Qazgidromet» RDK ma'lumotiga ko‘ra, mamlakatning katta qismida keng antitsiklon ta'siri tufayli yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, deb xabar beradi Kazinform.

погода жара
Фото: Казгидромет

Shu bilan birga, sinoptiklar tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, mamlakat sharqida, shuningdek janub va janubi-sharqning tog‘li hududlarida momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

“Sharqiy hududlarda ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, do‘l yog‘ishi ham istisno etilmaydi”, — deyiladi «Qazgidromet» matbuot xizmati xabarida.

Bundan tashqari, respublika bo‘ylab shamol kuchayishi kutilmoqda. Janubiy hududlarda chang to‘zonlari kuzatilishi mumkin. G‘arb va shimoliy hududlarda esa kechasi va ertalab ayrim joylarda tuman tushishi ehtimoli bor.

Sinoptiklar bir qator hududlarda kuchli issiq saqlanib qolishini ham alohida ta’kidladi.

Jumladan, kunduzi Almati, G‘arbiy Qozog‘iston, Atirau, Aqto‘be viloyatlari, shuningdek Jetisu va Ulitau viloyatlarida havo harorati +35...+38°S gacha ko‘tariladi.
Mang‘istau viloyatida havo harorati +38...+40°S ga yetadi. Turkiston va Qizilo‘rda viloyatlarida ham +40°S gacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.