Keyingi uch kun ichida janubi-sharqda harorat +38 °C gacha ko‘tariladi

ASTANA. Kazinform — “Qazgidromet” RDK 30-iyun – 2-iyul kunlari uchun ob-havo ma'lumotini e’lon qildi.

Алдағы үш күнде оңтүстік-шығыс өңірде күн +38 °C-қа дейін көтеріледі
Фото: Pixabay.com

“Kelgusi kunlarda faol siklon va unga bog‘liq atmosfera frontal qismlarining o‘tishi tufayli Qozog‘istonning aksariyat qismida ob-havo beqaror bo‘ladi. Yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi, ba'zi joylarda do‘l yog‘ishi va kuchli shamol bo‘lishi kutiladi. Respublika bo‘ylab kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

G‘arbiy va shimoli-g‘arbiy hududlarda kunduzgi havo harorati +18…+28 °C gacha tushadi, shimoliy hududlarda +22…+30 °C gacha bo‘ladi. Janubda issiqlikning biroz pasayishi kutilyapti va havo harorati +23…+35 °C oralig‘ida bo‘ladi.

Shu bilan birga, Qozog‘istonning sharqida, shimoli-sharqiy va janubi-sharqida issiq havo hali ham saqlanib qoladi. Ushbu hududlarda havo harorati kun davomida +30…+38 °C gacha ko‘tariladi.