Bugun Qozoğistonning aksariyat hududlarida yoğingarçilik kutilmoqda
ASTANA. Kazinform — Bugun Qozoğistonning aksariyat hududlarida yomğir va qor körinişida yoğingarçilik böladi. Şimoliy hududlarda yaxmalak kuzatilişi, respublika böyiça tuman tuşişi va kuçli şamol esişi kutilmoqda. Mamlakatning şarqiy qismida esa yoğingarçiliksiz ob-havo saqlanib qoladi. Bu haqda «Qazgidromet» RDK maʼlum qildi.
Sinoptiklar prognozlariga köra, Qozoğistonning aksariyat qismiga şimoli-ğarbiy siklonlar taʼsir körsatadi. Dastlab siklonlar taʼsiri mamlakatning ğarbiy hududlarida seziladi, keyinçalik noqulay ob-havo şaroiti şimoli-ğarbiy va şimoliy hududlarga tarqaladi.
Yomğir va qor körinişida yoğingarçilik kutilmoqda, mamlakat şimolida yaxmalak kuzatilişi prognoz qilinmoqda. Havo haroratida sezilarli özgarişlar kutilmaydi.
Faqat respublika şarqida yoğingarçiliksiz ob-havo saqlanib qoladi. Mamlakat böylab kuçli şamol esişi va tuman tuşişi kutilmoqda.