Bugun Qozog‘istonning 14 ta shahrida havo sifati yomonlashadi

ASTANA. Kazinform – “Qazgidromet” RDK mamlakatdagi havo sifati bo‘yicha o‘z prognozini e’lon qildi.

об-ҳаво
Фото: Юрий Ким

– 23-sentabr kuni Pavlodar, Petropavl, Ko‘kshetau, Aqto‘be, Almati, kechasi esa Qostanay, Qarag‘andi, Balqash, Temirtau, O‘skemen, Semey, Ridder, Atirau va Astana shaharlarida noqulay meteorologik sharoitlar kutilmoqda, — deyiladi xabarda.

Noqulay meteorologik sharoitlar — atmosfera havosining sirt qatlamida zararli (ifloslantiruvchi) moddalarning konsentratsiyasiga hissa qo‘shadigan qisqa muddatli meteorologik omillar (bulutli ob-havo, yengil shamol, tuman, inversiya) yig‘indisi.

Noqulay meteorologik sharoitlar paytida aholi punktlarida atmosfera havosining sifati yomonlashishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 22-24-sentabr kunlari qozog‘istonda +32°C gacha issiq havo harorati saqlanib qolishi haqida xabar bergan edik.