Bugun Qozog‘istonning 10 shahrida havo sifati yomonlashadi
ASTANA. Kazinform – “Qazgidromet” RDK mamlakatdagi havo sifati bo‘yicha o‘z prognozini e’lon qildi.
– 7 sentyabr kuni Pavlodar va Almati shaharlarida, kechasi esa Qarag‘andi, Jezqazg‘an, Balqash, Temirtau, O‘skemen, Semey, Atirau va Astana shaharlarida noqulay meteorologik sharoitlar kutilmoqda, — deyiladi xabarda.
Noqulay meteorologik sharoitlar — atmosfera havosining sirt qatlamida zararli (ifloslantiruvchi) moddalarning konsentratsiyasiga hissa qo‘shadigan qisqa muddatli meteorologik omillar (bulutli ob-havo, yengil shamol, tuman, inversiya) yig‘indisi.
Noqulay meteorologik sharoitlar paytida aholi punktlarida atmosfera havosining sifati yomonlashishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 6-sentyabr kuni Qozog‘istonning 9 ta shahrida havo sifati yomonlashishi haqida xabar bergan edik.