6-8-oktabr kunlari Qozog‘istonda ob-havo qanday bo‘ladi

ASTANA. Kazinform — 6-8-oktabr kunlari Qozog‘istonning aksariyat hududlarida ob-havo beqaror bo‘ladi. Mamlakatning shimoli-g‘arbi, shimoli va sharqida yomg‘ir va qor yog‘iishi mumkin. Yaxvonlik hosil bo‘ladi va izg‘irin hamda kuchli shamol bo‘ladi. Respublika bo‘ylab shamol tezligi kuchayadi. Bu haqda “Qazgidromet” RDK xabar beradi.

об-ҳаво
Фото: Pixabay.com

— 6-8-oktabr kunlari Qozog‘istonning aksariyat hududlarida atmosfera frontlari tufayli ob-havo beqaror bo‘ladi. Yomg‘ir yog‘adi, mamlakatning shimoli-g‘arbi, shimoli va sharqida yomg‘ir va qor shaklida yog‘ingarchilik kutilmoqda. Yaxvonlik hosil bo‘ladi, izg‘irin va kuchli shamollar kutilmoqda. Respublika bo‘ylab shamol tezligi kuchayadi, kechasi va ertalab tuman tushadi, — deyiladi xabarda.

Mamlakat g‘arbida havo harorati kechasi +2+12°C gacha, kunduzi esa +17+22°C gacha ko‘tariladi.

Shimoli-g‘arb va shimolda tungi havo harorati -1-6°C dan +3+13°C gacha, kunduzi esa 0, +5°C dan +5+20°C gacha ko‘tariladi.

Sharq va markazda tungi havo harorati asosan 0, +7°C, kunduzi esa +2+15°C bo‘ladi.

Janub va janubi-sharqda tungi havo harorati +2+8°C dan +5+10°C gacha, tog‘li hududlarda 1-3°C dan 0, +5°C gacha ko‘tariladi. Kunduzgi havo harorati +12+17°C dan +17+22°C gacha, tog‘li hududlarda esa +4+9°C dan +9+14°C gacha ko‘tariladi.

Eslatib o‘tamiz, 5-oktabr kuni havo sifati normal bo‘lishi haqida xabar bergan edik.