19-yanvar kuni Qozog‘iston bo‘yicha sovuq kuchayib, bo‘ron bo‘ladi – Qazgidromet prognozi

ASTANA. Kazinform – «Qazgidromet» RDK 19-yanvar kuni Qozog‘istonda sodir bo‘ladigan havo hodisalari prognozini e'lon qildi.

об-ҳаво
Фото: Солтан Жексенбеков / Kazinform

Prognozga ko‘ra, dushanba kuni mamlakatning shimoli-g‘arbi, shimoli va janubida qor yog‘adi. Shimoli-g‘arb va shimolda izg‘irin va bo‘ron kuzatiladi.

Qozog‘istonning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz, sovuq havo kutiladi. Respublika bo‘ylab tuman, yaxvonlik va shamolning kuchayishi prognoz qilinmoqda.

Tungi vaqtda Sharqiy Qozog‘iston viloyati va Abay viloyatining sharqida -40°C gacha sovuq saqlanib turadi. Jetisu viloyatida havo harorati -22…-27°C oralig‘ida pasayadi. Mang‘istau viloyatining shimoli-sharqida havo harorati -22°C bo‘ladi.

Shuningdek, Sharqiy Qozog‘iston viloyatining shimoliy va sharqiy tumanlarida tungi vaqtda sovuq -45°C gacha yetadi. Bu hududlarda havo o‘ta past harorat bilan tavsiflanadi.

Eslatib o‘tamiz, 18-yanvar kuni Qozog‘istonning yettita shahrida havo sifati yomonlashishi haqida xabar bergan edik.

Сўнгги хабарлар