−18°C sovuq, shamol: 17-19-noyabr kunlari Qozog‘istonda ob-havo keskin o‘zgaradi

ASTANA. Kazinform — 17-19-noyabr kunlari Qozog‘istonning bir qator hududlarida yomg‘ir, qor yog‘adi va yaxvonlik hosil bo‘ladi. Qazgidromet sinoptiklari shamol kuchayishi, tuman tushishi va kechasi −18°C gacha sovuq bo‘lishi haqida haqida ogohlantirdilar.

об-ҳаво
Фото: Kazinform\СИ

Prognozga ko‘ra, mamlakat sharqiga keng ko‘lamli yuqori bosimli zona siljiydi. Natijada, Qozog‘istonning sharqi, janubi va markazida yog‘ingarchiliksiz ob-havo hukmronlik qiladi.

Biroq, antisiklon shimoliy siklonning chuqur darasi bilan almashadi, bu esa yaqin kunlarda ob-havo sharoitini yomonlashtiradi. Avval mamlakat g‘arbida, keyin shimoli-g‘arb va shimolda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qor yog‘ishi kutilmoqda. Respublika bo‘ylab shamol kuchayadi. Kechasi va ertalab shimolda va janubiy viloyatlarning tog‘li hududlarida tuman bo‘lishi kutilmoqda.

Kechasi mamlakatning deyarli barcha hududlarida havo harorati noldan past bo‘ladi. Qozog‘iston markazi, sharqi va janubi-sharqining tog‘li hududlarida havo harorati −13…−18°C gacha pasayadi.

Kunduzi havo harorati mamlakat g‘arbi va sharqida +5…+10°C, janubi-g‘arbda +10…+15°C, janubda +10…+20°C va janubi-sharqda +10…+18°C gacha ko‘tariladi. Shimoli va markazda havo harorati −1…+4°C atrofida bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 16-noyabr kuni Qozog‘istonning 7 ta shahrida havo sifati yomonlashishi haqida xabar bergan edik.