Atirau viloyatining g‘arbi, janubi va sharqida yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab g‘arb va janubda tuman bo‘ladi. Kunduzi janubi-sharq va sharqdan shamol esadi, hududning sharqida 15-20 m/s gacha yetadi. Atirau shahrida yomg‘ir va momaqaldiroq, shuningdek, kechasi va ertalab tuman bo‘lishi kutilmoqda.
Aqmola viloyatining shimoliy va sharqiy hududlarida tuman bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab Ko‘kshetauda tuman saqlanib turadi.
Qostanay viloyatining shimoliy va g‘arbiy qismlarida tuman bo‘lishi kutilmoqda. Viloyat janubida yong‘in xavfi yuqori. Kechasi va ertalab Qostanay shahrida tuman bo‘ladi.
Mang‘istau viloyatining janubiy, g‘arbiy va markaziy hududlarida yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda, kunduzi ba'zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shimoli-sharqda shamol tezligi 15-20 m/s ga yetadi. G‘arbiy va markaziy qismlarda tuman saqlanib turadi. Kechasi va ertalab Aqtauda tuman bo‘ladi.
Qarag‘andi viloyatining shimoliy va sharqiy hududlarida tuman saqlanib turadi.
Ulitau viloyatida shimoli-sharq va sharqdan shamol esadi, kunduzi shimolda shamol tezligi 15-18 m/s ga yetadi.
Aqto‘be viloyatida sharq va janubi-sharqdan shamol esadi, hududning shimoliy, janubiy va markaziy hududlarida shamol tezligi 15-18 m/s ga yetadi.
G‘arbiy Qozog‘iston viloyatining janubiy va g‘arbiy qismlarida momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. G‘arbiy, shimoliy va janubiy hududlarda kechasi va ertalab tuman saqlanib turadi. Oral shahrida kechasi va ertalab tuman tushadi.
Turkiston viloyatining g‘arbida va Turkiston shahrida yuqori yong‘in xavfi saqlanib turada.
Abay viloyatining shimoliy, janubiy va markaziy hududlarida tuman kutilmoqda. Kechasi va ertalab Semey shahrida tuman saqlanib turadi.
Jetisu viloyatida shamol shimoli-sharqdan esadi, kunduzi sharq, shimol va tog‘li hududlarda 15-20 m/s tezlikda shamol esadi. Viloyat janubida yong‘in xavfi yuqori.
Shimoliy Qozog‘iston viloyatining g‘arbiy, shimoliy va janubiy hududlarida tuman bo‘lishi kutilmoqda. Petropavl shahrida tuman bo‘lishi kutilmoqda.
Qizilo‘rda viloyatining sharqiy hududlarida yong‘in xavfi saqlanib turadi.
Pavlodar viloyatining shimoliy va sharqiy qismlarida tuman bo‘lishi kutilmoqda. Pavlodar shahrida tuman kuzatiladi.
Sharqiy Qozog‘iston viloyatining shimoliy, sharqiy va janubiy hududlarida tuman bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab O‘skemen shahrida tuman bo‘lishi kutilmoqda.
Jambil viloyatining tog‘li hududlarida tuman bo‘lishi kutilmoqda. Shimoli-sharqda chang bo‘ronlari bo‘lishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan esadi, hududning janubi-g‘arb, shimoli-sharq va tog‘li hududlarida 15-20 m/s tezlikda shamol esadi.
Almati viloyatida janubi-sharqdan esayotgan shamol g‘arbga siljiydi, kunduzi sharqiy va markaziy hududlarda 18 m/s tezlikda shamol esadi.
Eslatib o‘tamiz, 29-mart kuni Qozog‘istonda ob-havo qanday bo‘lishi haqida xabar bergan edik.