Yaqin kunlarda Qozog‘istonda yog‘ingarchilik bo‘ladi

ASTANA.Kazinform — “Qazgidromet” RDK Qozog‘istonda 2-4- iyul kunlari uchun ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Фото: Мақсат Шағирбай \ Kazinform

Keyingi uch kun ichida Qozog‘iston hududida faol siklon saqlanib qoladi va ob-havo beqaror bo‘ladi. Yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, ba’zan kuchli yomg‘ir va do‘l yog‘ishi mumkin. Respublika bo‘ylab shamol tezligi 15-20 m/s gacha ko‘tariladi, 2-3-iyul kunlari esa mamlakat janubi va janubi-sharqida shamol tezligi 23-28 m/s gacha ko‘tariladi. Qozog‘iston janubida chang bo‘ronlari bo‘lishi kutilmoqda.

Kunduzgi havo harorati g‘arb va janubi-g‘arbda 31… 38°C gacha, shimoli-g‘arbda esa 27… 35°C gacha ko‘tariladi. Mamlakat shimoli va markazida havo harorati 18… 28°C gacha pasayadi. Respublika sharqida issiq havo saqlanib qoladi, havo harorati 30… 37°C bo‘ladi. Janubiy va janubi-sharqiy hududlarda havo harorati 25… 35°C oralig‘ida qulay bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda 1-iyul kun NMSH kutilmasligi haqida xabar bergan edik.