Qozog‘istonning 15 ta hududi va Astana shahrida ob-havo bo‘yicha ogohlantirish e’lon qilindi
ASTANA. Kazinform – 11 noyabr kuni Qozog‘istonning 15 ta hududi va Astana shahrida noqulay ob-havo bo‘yicha ogohlantirish e’lon qilindi, deb xabar beradi “Qazgidromet” RDK.
Jetisu viloyatining sharqida va tog‘li hududlarda kechasi tuman tushadi. Viloyatning sharqida shimoli-sharqdan esgan shamol 15-20 m/s ga yetadi.
Jambyl viloyatining janubida va tog‘li hududlarda kechasi va ertalab tuman tushadi. Tog‘li hududlarda janubi-sharqdan shamol tezligi 15-20 m/s ga yetadi. Taraz shahrida ham kechasi va ertalab tuman tushadi.
Aqto‘be viloyatining shimolida kechasi qor yog‘adi. Kechasi va ertalab shimol va sharqda tuman tushadi.
Kechasi va ertalab Qizilo‘rda viloyatining shimoli va markazida tuman tushadi.
Pavlodar viloyatining shimolida kechasi ozgina yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), izg‘irin va yaxvonlik bo‘ladi. Viloyatning g‘arbi, shimoli va sharqida kunduzi yomg‘ir va qor yog‘ib, izg‘irin va yaxvonlik bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi 15-20 m/s ga yetadi. Pavlodar shahrida ham kunduzi yog‘ingarchilik, izg‘irin va yaxvonlik hosil bo‘lishi mumkin.
Atirau viloyatining g‘arbi va sharqida kechasi ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. Kechasi va ertalab viloyatning g‘arbi va janubida, shuningdek, Atirau shahrida tuman tushadi.
Turkiston viloyatining janubi va tog‘li hududlarida kechasi va ertalab tuman bo‘ladi.
Abay viloyatining janubi, sharqi va markazida kechasi qor, yaxvonlik va izg‘irin bo‘lishi mumkin. Viloyatning g‘arbi, shimoli va janubida esa tuman tushadi. Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-25 m/s ga yetadi. Semeyda janubi-g‘arbdan esgan shamol tezligi 15-18 m/s gacha yetadi.
Sharqiy Qozog‘iston viloyatining shimoli, sharqi va janubida kechasi qor, yaxvonlik va izg‘irin bo‘ladi. Viloyatning g‘arbi, shimoli va sharqida kunduzi yomg‘ir va qor, yaxvonlik va izg‘irin bo‘ladi. Ba’zi hududlarda tuman tushadi. Shamol tezligi 23 m/s ga yetishi mumkin. Kechasi O‘skemenda qor, yaxvonlik va izg‘irin bo‘lishi kutilmoqda.
Ulitau viloyatining shimolida tuman tushadi. Shimol va sharqda shamol tezligi kunduzi 15-20 m/s gacha yetadi.
Shimoliy Qozog‘iston viloyatida yomg‘ir va qor shaklida yog‘ingarchilik, yaxvonlik va izg‘irin bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushadi. Shamol tezligi 25 m/s ga yetadi. Petropavlda ham shunga o‘xshash ob-havo sharoiti kutilmoqda.
Mang‘istoau viloyatining g‘arbi va shimolida, shuningdek, kechasi va ertalab Aqtau shahrida tuman bo‘lishi kutilmoqda.
Aqmola viloyatining g‘arbi va shimolida kechasi yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), yaxvonlik va izg‘irin kutilmoqda. Kunduzi ham yog‘ingarchilik, yaxvonlik va izg‘irin kuzatiladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi kutilmoqda, shamol tezligi 25 m/s ga yetadi. Ko‘kshetauda kunduzi yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda, yaxvonlik va izg‘irin hosil bo‘lishi mumkin.
Qostanay viloyatining g‘arbida kechasi va ertalab yomg‘ir va qor, yaxvonlik va izg‘irin kutilmoqda. Kechasi va ertalab ba’zi hududlarda tuman tushishi mumkin. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi. Kunduzi Qostanay shahrida ham shunga o‘xshash ob-havo sharoiti kutilmoqda.
Astanada yaxvonlik hosil bo‘ladi. Kunduzi shamol tezligi 15-20 m/s ga yetadi.
G‘arbiy Qozog‘iston viloyatining g‘arbi, shimoli va janubida kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Kechasi va ertalab Oral shahrida ham tuman tushishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 10 noyabr kuni Qozog‘istonning 17 ta hudududa ob-havo yomonlashishi haqida xabar bergan edik.