Qozog‘iston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar berishicha, ushbu sport turi bo‘yicha musobaqalar ikki kun davom etdi.
Milliy terma jamoadan Adiljan Nurbeken (-50 kg), Bekali Yerken (-66 kg), Fatima Supg‘aliyeva (-52 kg) va Aysha Altay (-70 kg) chempion bo‘ldilar.
Aslan Yerg‘aliyev (-55 kg), Alua Baltabay (-48 kg), Seyfil Dauletkerey (-73 kg), Chingizxon Tangirbergen (-90 kg) va Adiljan Jaudinov ( 90 kg) kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Adiya Janaxmet (-40 kg), Inju Sahabadin (-44 kg), Inju Jumajan (-57 kg), Azima Serik (-63 kg) va Tog‘jan To‘lebay ( 70 kg) Qozog‘iston savatchasiga bronza medallarini qo‘shib qo‘ydilar.
Osiyo o‘yinlarining dzyudo musobaqasida 31 mamlakatdan jami 182 nafar yosh tatami ustasi ishtirok etdi. Qozog‘iston terma jamoasi umumiy medallar jadvalida 2-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qozog‘istonlik ikki dzyudochi oltin medalni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.