30-aprel kuni mamlakatning janubi-g‘arb va shimoli-g‘arbiy qismida, 2-may kuni esa janub va janubi-sharqiy qismida kuchli yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda do‘l va kuchli shamol bo‘lishi mumkin.
30-aprel kuni shimoliy va markaziy hududlarda, shuningdek, sharqiy hududlarda butun davr davomida yomg‘irsiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Qozog‘iston janubida chang bo‘ronlari bo‘lishi mumkin.
Respublika bo‘ylab kechasi va ertalab tuman tushadi.
Davr davomida g‘arbiy hududlarda 3°C gacha sovuq, 30-aprel kuni sharqda, 30-aprel va 2-may kunlari shimoli-g‘arbiy hududlarda va 2-may kuni kechasi mamlakat shimolida 3°C gacha sovuq bo‘lishi mumkin.
Kunduzi havo harorati asta-sekin ko‘tariladi:
- janubi-g‘arbda 17… 22°C gacha;
- shimoli-g‘arbda 13… 25°C gacha;
- sharqda 25… 32°C gacha;
- janubi-sharqda 25… 32°C gacha.
Pasayishi kutilmoqda:
- g‘arbda 10… 15°C gacha;
- shimolda 12… 18°C gacha;
- markazda 15… 25°C gacha;
- janubda 18… 23°C gacha.
Eslatib o‘tamiz, 28-30-aprel kunlari Qozog‘istonda havo harorati 34°C gacha ko‘tarilishi haqida xabar bergan edik.