Tuman, chang bo‘roni, momaqaldiroq: 28- mart kuni Qozog‘istonda ob-havo qanday bo‘ladi
ASTANA. Kazinform — «Qazgidromet» RDK bugun mamlakatning aksariyat qismida ob-havo noqulay bo‘lishini ma’lum qildi.
Keng ko‘lamli antisiklon ta’siri tufayli Qozog‘istonning aksariyat qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
Sinoptiklar ayrim hududlarda ob-havo noqulay bo‘lishini prognoz qilmoqda. Mamlakat g‘arbida yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘ladi.
Shimolda yaxvonlik hosil bo‘ladi, g‘arbda, janubda, sharqda va markazda kuchli shamol esadi, g‘arb va janubda chang bo‘ronlari bo‘ladi. Mamlakatning ayrim hududlarini tuman qoplaydi.
Eslatib o‘tamiz, 27-mart kuni Qozog‘istonda ob-havo qanday bo‘lishi haqida xabar bergan edik.