Qozog‘istonda 30-may - 1- iyun kunlari ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi

ASTANA. Kazinform — «Qazgidromet» RDK 30-maydan 1-iyungacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

об-ҳаво
Фото: Александр Павский / Kazinform

— Mamlakatning shimol, janub va g‘arbida atmosfera frontal qismlarining o‘tishi tufayli ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi — yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda, — deyiladi xabarda.

Sinoptiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, 30-31-may kunlari G‘arbiy Qozog‘iston, Atirau, Mang‘istau, Aqto‘be va Qostanay viloyatlarida kuchli yomg‘ir, do‘l yog‘ishi va shamol tezligi kuchayishi kutilmoqda.

Respublikaning qolgan qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Mamlakat bo‘ylab shamol tezligi kuchayishi kutilmoqda, janubiy hududlarda esa chang bo‘ronlari bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil Qozog‘iston tarixidagi eng issiq yil bo‘ldi.