Ob-havo: 13 noyabr kuni Qozog‘istonning aksariyat qismida yog‘ingarchilik va yaxvonlik bo‘ladi
ASTANA. Kazinform – «Qazgidromet» RDK mamlakatning bir qator hududlari uchun ob-havo bo‘yicha ogohlantirishlar e’lon qildi.
Sinoptiklarining ma’lumotlariga ko‘ra, kun davomida Jetisu viloyatining markazi va sharqida kuchli yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda. Viloyatning shimoli, sharqi va tog‘li hududlarida tuman tushishi ehtimoli yuqori. Viloyatning sharqi va tog‘li hududlarida shamol g‘arbdan 15-20 m/s tezlikda esadi.
Pavlodar viloyatining shimoli va sharqida qor yog‘ib, bo‘ron bo‘ladi, yaxvonlik hosil bo‘lib, tuman tushadi. Viloyatning shimoli va sharqida shamol shimoli-g‘arbdan 15-20 m/s tezlikda esadi. Pavlodarda 13 noyabr kuni shamol shimoli-g‘arbdan 15-20 m/s tezlikda esadi.
Mang‘istau viloyatining janubida tuman tushadi.
13 noyabr kuni Astanada tuman tushadi va qor yog‘adi.
Qostanay viloyatining g‘arbi, shimoli, sharqi va markazida tuman tushadi.
Kechasi Ulitau viloyatining sharqida qor yog‘ishi, kechasi va ertalab viloyatning shimoli va sharqida tuman tushishi kutilmoqda.
Qizilo‘rda viloyati markazida tuman tushadi.
Kunduzi Almati viloyatining tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), shimol, janub va tog‘li hududlarida tuman tushadi. Viloyatning shimoli, sharqi va tog‘li hududlarida shamol g‘arbdan 15-20 m/s tezlikda esadi. Qonayevda 13 noyabr kuni g‘arbdan shamol 15-20 m/s tezlikda esadi.
Abay viloyatining aksariyat qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), yaxvonlik va izg‘irin bo‘ladi. Kechasi va ertalab viloyatning sharqida tuman tushadi. Viloyatning shimoli, janubi va markazida janubi-g‘arbidan shimoli-g‘arbga shamol 15-20 m/s tezlikda, ba’zan 25 m/s tezlikda esadi. Semeyda 13 noyabr kuni yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), yaxvonlik va izg‘irin bo‘ladi. Janubi-g‘arbdan shimoli-g‘arbga shamol 15-20 m/s tezlikda esadi.
Sharqiy Qozog‘iston viloyatining aksariyat qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), yaxvonlik va izg‘irin bo‘ladi. Viloyat sharqida kechasi va ertalab tuman tushadi. Viloyatning shimol, janub va markazida shamol janubi-g‘arbdan shimoli-g‘arbga 15-20 m/s tezlikda, ba’zan 25 m/s tezlikda esadi. O‘skemenkda 13 noyabr kuni yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), yaxvonlik va izg‘irin bo‘lishi kutilmoqda. Shamol janubi-g‘arbdan shimoli-g‘arbga o‘zgarib, kunduzi 15-20 m/s tezlikda esadi.
Atirau viloyatining g‘arbida kechasi va ertalab tuman tushishi kutilmoqda.
13-15 noyabr kunlari Turkiston viloyatining tog‘li hududlarida kechasi va ertalab tuman tushadi.
Qarag‘andi viloyatining shimol, janub va sharqida yaxvonlik hosil bo‘lishi kutilmoqda, kechasi va ertalab esa viloyat g‘arbida tuman tushadi. Qarag‘andi shahrida 13 noyabr kuni kechasi yaxvonlik hosil bo‘ladi.
Shimoliy Qozog‘iston viloyatining shimoli va sharqida izg‘irin bo‘ladi va janubi va sharqida tuman tushadi. Viloyatning shimoli, sharqi va janubida shimoli-g‘arbi va g‘arbdan shamol esadi, tezligi 15-20 m/s gacha. Petropavl shahrida 13 noyabr kuni shimoli-g‘arb va g‘arbdan shamol esadi, kunduzi 15-20 m/s gacha.
Kechasi va ertalab G‘arbiy Qozog‘iston viloyatining shimoli, sharqi va markazida tuman bo‘lishi kutilmoqda.
Aqmola viloyatining sharqi va janubida biroz qor yog‘ib, izg‘irin bo‘ladi, tuman tushib, yaxvonlik hosil bo‘ladi.
Ko‘kshetauda 13 noyabr kuni tuman tushadi va yaxvonlik hosil bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 12-14 noyabr kunlari Qozog‘istonda ob-havo qanday bo‘lishi haqida xabar bergan edik.