Mamlakat shimolida yomg‘ir yog‘sa, janubda 40 daraja issiq bo‘ladi - Qazgidromet
ASTANA. Kazinform — Qazgidromet 6-8-iyun kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e'lon qildi.
G‘arbiy siklon Qozog‘istonning katta qismiga ta'sir qilishda davom etadi. Shu munosabat bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, kuchli shamol esadi, hamda do‘l yog‘ishi kutiladi.
Shuningdek, quyidagi hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutiladi:
- 6-8-iyun kunlari - mamlakat g‘arbida;
- 6-iyunda - shimolda va janubi-sharqda;
- 8-iyunda - shimoli-g‘arbda.
Davr boshida mamlakat sharqida va markazida yog‘ingarchiliksiz issiq ob-havo saqlanib qoladi.
Kunduzgi havo harorati:
- g‘arbda +20…+30°C gacha tushadi;
- shimolda +28…+35°C gacha ko‘tariladi;
- markazda juda issiq +30…+38°C bo‘lishi kutilmoqda;
- janubda juda +35…+40°C bo‘ladi;
- janubi-sharqda juda issiq +30…+39°C bo‘ladi;
Sharqda asosiy fon harorati +30…+37°C gacha issiq bo‘ladi.