7 dekabr kuni Qozog‘istonning aksariyat qismida yaxvonlik, bo‘ron va tuman bo‘lishi kutilmoqda
ASTANA. Kazinform — "Qazgidromet" RDK 7 dekabr kuni noqulay ob-havo sharoitlari bo‘yicha ogohlantirish e’lon qildi, deb xabar beradi Kazinform.
"Qazgidromet" RDK ma’lumotlariga ko‘ra, 7 dekabr kuni Astanada yaxvonlik hosil bo‘lishi kutilmoqda.
Aqmola viloyatida qor, yaxvonlik va izg‘irin kutilmoqda. Viloyatning g‘arbi, shimoli va sharqida tuman bo‘lishi mumkin. Shamolning tezligi 15-20 m/s gacha yetadi.
Abay viloyatida qor, izg‘irin, yaxvonlik va tuman bo‘lishi kutilmoqda.
Kunduzi Aqto‘be viloyatining shimoli, sharqi va janubida yaxvonlik hosil bo‘ladi.
Atirau viloyatining shimolida tuman bo‘lishi mumkin.
Sharqiy Qozog‘iston viloyatida qor, izg‘irin, yaxvonlik va tuman bo‘lishi kutilmoqda. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha yetadi.
Kechasi janubiy va tog‘li hududlarda, kunduzi esa Jambil viloyatining tog‘li hududlarida yaxvonlik va tuman bo‘lishi kutilmoqda. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha yetadi.
Jetisu viloyatining tog‘li va tog‘oldi hududlarida tuman va yaxvonlik bo‘lishi kutilmoqda. Olako‘l ko‘llari yaqinida esadi janubi-g‘arbdan esgan shamolning tezligi 15-20 m/sgacha yetadi.
G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida tuman va yaxvonlik bo‘lishi kutilmoqda.
Qarag‘andi viloyatida yaxvonlik bo‘lishi kutilmoqda. Viloyatning shimoli, sharqi va janubida tuman bo‘lishi mumkin.
Mang‘istau viloyatida yaxvonlik hosil bo‘ladi.
Kechasi Qizilo‘rda viloyatining janubida va kunduzi g‘arbida yaxvonlik va tuman bo‘lishi mumkin.
Kunduzi Qostanay viloyatining g‘arbi, shimoli va sharqida qor, izg‘irin va yaxvonlik bo‘lishi kutilmoqda. Viloyatning g‘arbi, sharqi va janubida tuman bo‘ladi.
Pavlodar viloyatining shimoli va g‘arbida qor va izg‘irin bo‘lishi kutilmoqda. Janubi-g‘arbdan shamol esadi, hududning shimoli va g‘arbida shamol tezligi 15-20 m/sgacha yetadi.
Shimoliy Qozog‘iston viloyatining shimolida kechasi biroz qor yog‘ishi, kunduzi esa ko‘proq qor yog‘ishi kutilmoqda. Kechasi hududning g‘arbi va shimolida izg‘irin va yaxvonlik, kunduzi esa izg‘irin va yaxvonlik va tuman bo‘lishi kutilmoqda.
Turkiston viloyatining g‘arbi, janubi, markazi va tog‘li hududlarida tuman tushishi kutilmoqda.
Ulitau viloyatining shimoli va sharqida kunduzi yaxvonlik va tuman bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 6 dekabr kuni Qozog‘istonda ob-havo keskin sovishi haqida xabar bergan edik.