6-8-yanvar kunlari Qozog‘istonning g‘arbi, sharqi va shimolida sovuq bo‘ladi

ASTANA. Kazinform – 6-8-yanvar kunlari shimoli-g‘arbdan Qozog‘iston hududiga siklon harakatlanadi va yana bir yog‘ingarchilik to‘lqinini olib keladi.

об-ҳаво
Фото: Виктор Федюнин / Kazinform

Respublika g‘arbida yomg‘ir va qor shaklida yog‘ingarchilik kutilmoqda, shuningdek, yaxvonlik hosil bo‘lishi mumkin. Mamlakatning shimoli, sharqi va markazida qor yog‘ishi va izg‘irin bo‘lishi kutilmoqda. Qozog‘istonning janubi va janubi-sharqida antisiklon ta’sirida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Respublika bo‘ylab tuman tushadi va kuchli shamol bo‘ladi.

G‘arbiy hududlarda havo haroratining ko‘tarilishi kuzatiladi: kechasi 5–16°C sovuqdan 0–8°C sovuqgacha, kunduzi 10°C sovuq va 3°C iliqdan 3°C sovuq va 8° iliqgacha ko‘tariladi.

Shimol, sharq va markazda havo harorati pasayadi: kechasi 3–16°C sovuqdan 10–25°C sovuqgacha, kunduzi 1–11°C sovuqdan 5–15°C sovuqgacha.

Janub va janubi-sharqda havo harorati sezilarli darajada o‘zgarmaydi: kechasi 1–16°C sovuq, kunduzi 0–10°C iliq, tog‘li hududlarda esa kechasi 0–10°C sovuq saqlanib qoladi.

Eslatib o‘tamiz, 4-yanvar kuni Qozog‘istonda ob-havo qanday bo‘lishi haqida xabar bergan edik.

Сўнгги хабарлар