23-25-may kunlari Qozog‘istonda ob-havo qanday bo‘ladi
ASTANA. Kazinform — “Qazgidromet” RDK 23-25 -may kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Mamlakatning shimoliy, janubiy va janubi-g‘arbiy qismida atmosfera frontlarining o‘tishi tufayli ob-havo beqaror bo‘ladi, yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda.
Sharqiy hududlarda kechasi yog‘ingarchilik (yomg‘ir va qor) davom etadi.
23-may kuni Turkiston, Almati va Jambil viloyatlarida yomg‘ir, do‘l yog‘adi va shamol tezligi kuchayadi. 24-25-may kunlari janubi-sharqning tog‘li hududlarida kechasi yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Respublikaning qolgan hududlarida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo hukmronlik qiladi. Mamlakat bo‘ylab shamol tezligi kuchayadi, janubda chang bo‘ronlari bo‘lishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushadi. Shimoli-sharq, sharq va markazda kechasi 1-3 daraja sovuq bo‘ladi.
Qozog‘iston bo‘ylab kunduzgi havo harorati asta-sekin ko‘tariladi:
- g‘arbda +28…+35°C gacha,
- shimol va markazda +20…+32°C gacha,
- sharqda +17…+25°C gacha,
- janubda +22…+35°C gacha,
- janubi-sharqda +20…+28°C gacha.
Eslatib o‘tamiz, 22-may kuni Qozog‘istonning barcha shaharlarida havo sifati me’yorida bo‘lishi haqida xabar bergan edik.