"Qazgidromet" RDK sinoptiklarining prognoziga ko‘ra, Qozog‘istonning aksariyat qismida yomg‘ir va qor shaklida yog‘ingarchilik kutilmoqda.
— Faqat Qizilo‘rda viloyatida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. 15-noyabr kuni mamlakat g‘arbida kuchli yomg‘ir yog‘ishi, 16-noyabr kuni esa G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida kuchli yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Respublika bo‘ylab kuchli shamol ,yaxvonlik hosil bo‘lishi, kechasi va ertalab tuman tushishi kutilmoqda, — deyiladi xabarda.
Havo harorati:
Mamlakat g‘arbida havo harorati kechasi 2 8°C dan 6 11°C gacha ko‘tariladi, 16-noyabr kuni esa -2 3°C gacha biroz pasayadi. Kunduzi 8 13°C dan 1 8°C gacha pasayadi.
Janubi-g‘arbda havo harorati kechasi 4 9°C dan 0, 5°C gacha, kunduzi 10 15°C dan 5 10°C gacha pasayadi.
Shimoli-g‘arbda havo harorati asosan kechasi -3 3°C bo‘ladi, kunduzi 2 9°C dan 4 11°C gacha biroz ko‘tariladi.
Shimolda havo harorati asosan kechasi -5 2°C bo‘ladi, kunduzi -2 3°C dan 0, 5°C gacha biroz ko‘tariladi. Pavlodar viloyatida kechasi -3-8°C gacha, kunduzi -2 3°C gacha pasayadi.
Markazda havo harorati asosan kechasi -2-10°C, kunduzi -3 5°C bo‘ladi.
Mamlakat sharqida havo harorati kechasi -1-8°C dan -6-13°C gacha pasayadi, kunduzi esa asosan -5 3°C bo‘ladi.
Respublika janubida havo harorati kechasi asosan -5 3°C, kunduzi esa 5 12°C dan 7 15°C gacha ko‘tariladi.
Janubi-sharqda havo harorati kechasi -1-6°C dan -5-10°C gacha, tog‘li hududlarda esa -9-14°C dan -13-18°C gacha pasayadi. Kunduzi havo harorati 2 10°C dan 0, 8°C gacha, tog‘li hududlarda esa -1-6°C dan -3-8°C gacha pasayadi.
Eslatib o‘tamiz, 13-noyabr kuni Qozog‘istonning 7 ta shahrida havo sifati yomonlashishi haqida xabar bergan edik.