Yaqin kunlarda Qozog‘istonning ayrim hududlarida havo harorati 35 darajaga yetadi

ASTANA. Kazinform – Yaqin kunlarda Qozog‘istondagi ob-havoga ikkita barik tuzilma ta’sir qiladi.

Фото: Александр Павский / Kazinform

Mamlakatning g‘arbiy va janubiy hududlari janubiy siklon ta’sirida bo‘ladi. Ushbu hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda, kunduz havo harorati 27… 35 darajagacha ko‘tariladi.

Respublikaning qolgan qismida sovuq antisiklon o‘z ta’sirini saqlab qoladi. Kechasi shimoliy, sharqiy va markaziy hududlarda 1–6 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi esa osmon musaffo bo‘ladi va havo harorati 12… 28 darajadan 20… 30 darajagacha ko‘tariladi.

Respublika bo‘ylab shamol tezligi kuchayadi, janubiy hududlarda chang bo‘ronlari bo‘lishi mumkin. Kechasi va ertalab shimoliy, sharqiy hududlarda va janubi-sharqning tog‘li hududlarida tuman bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 13-may kuni Qozog‘istonning 6 ta shahrida havo sifati yomonlashishi haqida xabar bergan edik.