Siklon va unga bog‘liq atmosfera frontlari ta’siri tufayli Qozog‘istonning shimoliy va sharqiy hududlarida ob-havo beqaror bo‘ladi. Yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir, do‘l yog‘ishi va bo‘ronlar bo‘lishi mumkin. Mamlakatning sharqi va janubi-sharqidagi tog‘li hududlarda 26–27- avgust kunlari kechasi yomg‘ir qor aralash yomg‘irga aylanishi mumkin.
Yuqori bosimli hudud ta’sirida bo‘lgan Qozog‘istonning g‘arbiy va janubiy hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi va ob-havo asosan quruq bo‘ladi.
Yog‘ingarchilikka qaramay, mamlakatning aksariyat qismida harorat yuqori bo‘lib qoladi. Yozning so‘nggi kunlari asosan iliq bo‘ladi: shimolda kunduzgi havo harorati 25… 32 °C gacha, markaziy va janubiy hududlarda 25… 35 °C gacha, sharqda esa 16… 24 °C dan 20… 31 °C gacha ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz, 24-avgus kuni Qozog‘istonda ob-havo qanday bo‘lishi haqida xabar bergan edik.