Sinoptiklarning ma'lumotlariga ko‘ra, atmosfera frontlari o‘tishi bilan mamlakatning katta qismida beqaror ob-havo saqlanib qoladi. Yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi, ayrim hududlarda do‘l va kuchli shamol bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinyapti.
5-mayda mamlakat shimolida, 6 va 7-may kunlari esa g‘arbda kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutiladi. Kechasi va ertalabki soatlarda mamlakat g‘arbidagi ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin.
Butun mamlakat bo‘ylab haroratning biroz o‘zgarishi kutiladi.
Shu bilan birga, Qozog‘iston janubida kunduzgi harorat 22-32°C dan 27-36°C gacha ko‘tariladi. Janubi-sharqda ham 15-30°C dan 20-35°C gacha iliqroq harorat bo‘lishi kutilmoqda.