Mamlakat shimolida yomg‘ir yog‘sa, janubda 40 daraja issiq bo‘ladi - Qazgidromet

ASTANA. Kazinform — Qazgidromet 6-8-iyun kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e'lon qildi.

Фото: Александр Павский / Kazinform

G‘arbiy siklon Qozog‘istonning katta qismiga ta'sir qilishda davom etadi. Shu munosabat bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, kuchli shamol esadi, hamda do‘l yog‘ishi kutiladi.

Shuningdek, quyidagi hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutiladi:

  • 6-8-iyun kunlari - mamlakat g‘arbida;
  • 6-iyunda - shimolda va janubi-sharqda;
  • 8-iyunda - shimoli-g‘arbda.

Davr boshida mamlakat sharqida va markazida yog‘ingarchiliksiz issiq ob-havo saqlanib qoladi.

Kunduzgi havo harorati:

  • g‘arbda 20… 30°C gacha tushadi;
  • shimolda 28… 35°C gacha ko‘tariladi;
  • markazda juda issiq 30… 38°C bo‘lishi kutilmoqda;
  • janubda juda 35… 40°C bo‘ladi;
  • janubi-sharqda juda issiq 30… 39°C bo‘ladi;

Sharqda asosiy fon harorati 30… 37°C gacha issiq bo‘ladi.