“Kelgusi kunlarda faol siklon va unga bog‘liq atmosfera frontal qismlarining o‘tishi tufayli Qozog‘istonning aksariyat qismida ob-havo beqaror bo‘ladi. Yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi, ba'zi joylarda do‘l yog‘ishi va kuchli shamol bo‘lishi kutiladi. Respublika bo‘ylab kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin”, — deyiladi xabarda.
G‘arbiy va shimoli-g‘arbiy hududlarda kunduzgi havo harorati 18… 28 °C gacha tushadi, shimoliy hududlarda 22… 30 °C gacha bo‘ladi. Janubda issiqlikning biroz pasayishi kutilyapti va havo harorati 23… 35 °C oralig‘ida bo‘ladi.
Shu bilan birga, Qozog‘istonning sharqida, shimoli-sharqiy va janubi-sharqida issiq havo hali ham saqlanib qoladi. Ushbu hududlarda havo harorati kun davomida 30… 38 °C gacha ko‘tariladi.