Kelasi uch kunda shimolda havo salqinlaydi, janubda esa +40 darajagacha issiq bo‘ladi

ASTANA. Kazinform — “Qazgidromet” RDK Qozog‘iston bo‘yicha 23-25-iyun kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Фото: ЖИ


Sinoptiklarning ma’lumotiga ko‘ra, kuchli issiqdan keyin mamlakatning shimoliy hududlariini biroz salqinlashuv kutib turibdi. Qozog‘iston hududiga siklon harakatlanib, yomg‘ir, momaqaldiroq, do‘l, shamolning kuchayishi va chang dovullarini olib keladi.

Biroq shundan keyin ko‘pdan kutilgan salqin ob-havo o‘rnashadi: mamlakatning shimoliy va markaziy hududlarida havo harorati qulay — 23… 28 daraja atrofida bo‘ladi.

“Biroq barcha hududlarni issiqlik butunlay tark etmaydi. Qozog‘istonning janubiy va sharqiy hududlariga O‘zbekiston hududidan quruq va iliq havo massalari kirib kelishda davom etadi. Shuning ta’sirida bu hududlarda havo harorati 33… 38 daraja atrofida saqlanib qoladi, ayrim joylarda esa kuchli issiq 40 darajagacha yetishi mumkin”, — deyiladi xabarda.