Dam olish kunlari butun mamlakat bo‘ylab yomg‘ir, momaqaldiroq va kuchli shamol kutilyapti

ASTANA. Kazinform — 'Qazgidromet' RDK 27-29-iyun kunlari Qozog‘iston uchun ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.

Фото: Александр Павский/Kazinform

“Faol siklon va atmosfera frontal qismlarining o‘tishi tufayli kelgusi dam olish kunlari mamlakatning aksariyat hududlarida ob-havo beqaror bo‘ladi. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lib, kuchli shamol esishi va do‘l yog‘ishi mumkin. Mamlakatning g‘arbiy, shimoli-g‘arbiy va shimoliy hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutiladi”, — deyiladi xabarda.

Respublikaning g‘arbiy va shimoli-g‘arbiy qismida kunduzgi havo harorati 18… 26 °C gacha pasayadi. Janubiy hududlarda issiqlikning biroz pasayishi kutilmoqda va havo harorati 28… 38 °C gacha bo‘ladi. Shimoliy hududlarda kunduzgi harorat 22… 30 °C bo‘lishi kutilyapti.

Bundan tashqari, Qozog‘istonning sharqiy, shimoli-sharqiy, janubi-sharqiy va markaziy hududlarida issiq havo davom etadi. Kunduzgi havo harorati 33… 38 °C gacha ko‘tarilishi va ba'zi hududlarda issiqlik 40 °C ga yetishi kutilmoqda.