Qozog‘istonning katta qismida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lishi kutilmoqda. Atmosfera frontlarining o‘tishi munosabati bilan mamlakatning aksariyat hududlarida momaqaldiroq bilan yomg‘irlar yog‘adi, kuchli shamol esadi. Ayrim hududlarda kuchli yomg‘irlar, do‘l yog‘adi va kuchli shamollar bo‘lishi mumkin.
Yog‘ingarchilik fonida issiqlik asta-sekin pasayadi: kunduzi havo harorati mamlakat shimoli va shimoli-g‘arbida 20 30°S gacha, markaziy va sharqiy hududlarda 22 35°S gacha, hatto janubiy va janubi-sharqiy hududlarda ham 27 35°S gacha tushadi. Faqat mamlakat g‘arbida Erondan kelayotgan issiq havo oqimlari sababli yuqori harorat 30 42°S gacha atrofida saqlanib qoladi.